32414-modda. Nazorat shikoyatini oʻrganish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (O‘RQ-463-son) · Sana: 29.01.2018 · Amalda
Nazorat shikoyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan oʻrganiladi.
Sudya nazorat shikoyatini shikoyatga ilova qilingan materiallar boʻyicha yoki talab qilib olingan ish materiallari boʻyicha oʻrganadi.
Nazorat shikoyatini oʻrganish natijalari boʻyicha sudya shikoyat kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay, ish talab qilib olingan taqdirda esa ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay:
1) nazorat shikoyatini ushbu Kodeks 32415-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida;
2) nazorat shikoyatini qabul qilishni ushbu Kodeks 32416-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra rad etish haqida;
3) agar sud hujjatlarini nazorat tartibida tekshirish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, nazorat shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Bunda nazorat shikoyati, shuningdek ustidan shikoyat qilingan sud hujjatlarining koʻchirma nusxalari nazorat instansiyasi sudida qoladi;
4) nazorat shikoyatini koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ajrimning koʻchirma nusxasi nazorat shikoyatini bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilingan buyurtma xat orqali ajrim chiqarilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi.
