475-modda. Ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-459-son) · Sana: 09.01.2018 · Amalda
Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashi, yaʼni ularni moddiy jihatdan taʼminlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, —
oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish jarayonida aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda toʻlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi”;
4) 77-modda:
birinchi qismidagi “va mol boqish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Oʻrmon fondi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
5) 245-moddaning birinchi qismidagi “40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 47, 471, 472, 473, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida)” degan soʻzlar “40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 47, 471, 472, 473, 474, 475, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv xoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 77-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 247-moddadagi “47-moddasida nazarda tutilgan” degan soʻzlar “47-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
