“151-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini uy-joy maydoni bilan taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-459-son) · Sana: 09.01.2018 · Amalda
Davlat soliq xizmati organlarining uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan mansabdor shaxslari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Davlat soliq xizmati organlari xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda yakka tartibda uylar yoki kvartiralar olish huquqi beriladi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 483-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 10, 605-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 543-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-409-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 8-modda “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 111-modda bilan toʻldirilsin:
