“78-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining xarajatlari
Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-454-son) · Sana: 29.12.2017 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan:
maktabgacha taʼlim muassasalarini, umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlarini, akademik litseylarni, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini, oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalarini, shuningdek tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (qayta jihozlash) ishlarini moliyalashtirish;
sogʻliqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashxis qoʻyish va davolash asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda tizimli ravishda qayta jihozlashni moliyalashtirish;
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi”;
23) 79-moddadagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
24) 80-modda chiqarib tashlansin;
25) 95-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga, agar taqchillik davlat maqsadli jamgʻarmalarining yil boshidagi qoldiq mablagʻlari bilan qoplanmasa, yoʻl qoʻyilmaydi”;
26) 98-moddaning:
yettinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalarning” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 99-modda ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “va dotatsiyalarning” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
