“1381-modda. Maqsadli ijtimoiy transfertlar
Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-454-son) · Sana: 29.12.2017 · Amalda
Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga taʼlim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga – asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi va Davlat budjetining asosiy parametrlari tasdiqlanayotganda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlanayotganda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan belgilanadi.
Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak”;
34) 140-moddaning uchinchi qismi “oʻtkazib beriladigan daromadlarning summasi” degan soʻzlardan keyin “maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
35) 156-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarishdan olingan tushumlar:
Davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha chora-tadbirlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladi”;
36) 177-moddaning nomi va birinchi xatboshisi quyidagi tahririda bayon etilsin:
