“55-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasining daromadlarini shakllantirish
Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-454-son) · Sana: 29.12.2017 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasining daromadlari:
davlat mulki boʻlgan korxonalarni, xoʻjalik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalaridagi aksiyalarni (ulushlarni), yer uchastkalari va boshqa mol-mulkni realizatsiya qilish;
ustav jamgʻarmalarida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarini tugatishdan tushgan tushumlar;
davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar, ijara toʻlovini kechiktirganlik uchun penya va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summalari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi”;
12) 57-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
