“41-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi
Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-454-son) · Sana: 29.12.2017 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi taʼlim hamda tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, jihozlashga (toʻliq jihozlashga) yoʻnaltiriladigan, ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan majburiy toʻlovlar va boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlarni jamlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasining yuqori boshqaruv organi Jamgʻarmani boshqarish kengashidir”;
6) 42-moddadagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 43-modda chiqarib tashlansin;
8) 51-moddaning 5-bandidagi “va jarima sanksiyalari” degan soʻzlar “jarima sanksiyalari va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 52-modda:
birinchi qismi 2-bandining:
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshisidagi “transport vositalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “va dotatsiyalar” degan soʻzlar “dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar tasdiqlangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjeti, Toshkent shahri shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari oʻrtasida qayta taqsimlanishi mumkin”;
10) 54-moddaning nomidagi va birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
