15-modda. Rezervchilarning harbiy unvonlari
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida (478-II-son) · Sana: 25.04.2003 · Amalda
Rezervchilarning harbiy unvonlariga “rezervdagi” degan soʻz qoʻshiladi.
Oʻquv-mashq harbiy yigʻinlarida qatnashgan va taʼlim dasturi boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan rezervchilarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda navbatdagi harbiy unvonlar – rezervdagi podpolkovniklikka qadar boʻlgan va podpolkovnik unvonlari berilishi mumkin.
Harbiy unvonga ega boʻlmagan fuqarolar mudofaa ishlari organlari tomonidan rezervga kiritilishi bilan bir paytning oʻzida ularga oddiy askar yohud matros harbiy unvoni beriladi.
Harbiy unvon berish va harbiy unvondan mahrum qilish, shuningdek harbiy unvonini pasaytirish hamda harbiy unvonini tiklash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
