“12-modda. Davlat veterinariya inspektorlari — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-448-son)
“12-modda. Davlat veterinariya inspektorlari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-448-son) · Sana: 16.10.2017 · Amalda
Davlat veterinariya qoʻmitasining raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari (raisning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari bundan mustasno), Davlat veterinariya qoʻmitasi Davlat veterinariya nazorati boshqarmasining veterinar mutaxassislari — oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
Davlat chegarasidagi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari — davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi veterinariya qoʻmitasining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya boshqarmalarining boshliqlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi.
Tumanlar (shaharlar) veterinariya boʻlimlarining boshliqlari tegishli tumanlarning (shaharlarning) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
Veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining mudirlari tegishli uchastkalardagi va bozorlardagi davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
Chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) boshliqlari hamda veterinar vrachlari tegishli chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi”;
4) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 19-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 22-moddaning beshinchi qismidagi “Davlat veterinariya bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 27-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” degan soʻzlar “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) 211-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosxoʻrlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, xuddi shuningdek merosxoʻrlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi”;
2) 531-moddaning sakkizinchi qismidagi “sud ijrochilariga” degan soʻzlar “davlat ijrochilariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
1) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq toʻlamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga oʻtkazishdan iborat boʻlib, ushbu chora maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudining sudyasi tomonidan qoʻllaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki boʻlmagan ashyo musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno”;
2) 1981-moddaning dispozitsiyasidagi “sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 245-moddaning birinchi qismi “99, 100” raqamlaridan keyin “101 (umumiy foydalanishdagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiyasini hisobga olish asboblariga oid qismida)” degan soʻzlar, “1601, 161” raqamlaridan keyin “163” raqami bilan toʻldirilsin;
4) 2453-moddaning birinchi qismidagi “101, 163” raqamlari “101 (umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlari hamda elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish asboblariga oid qismida)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 259-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — eng kam oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga”;
6) 333-moddaning ikkinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 337-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti organlari sud ijrochilari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 339-moddaning matnidagi “sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 348-moddaning matnidagi “sud ijrochisiga” degan soʻzlar “davlat ijrochisiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 14-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarima tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi”;
2) 19-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi 483-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bosh davlat veterinariya boshqarmasi” degan soʻzlar “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 89-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 138-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi “sud ijrochisiga” va “sud ijrochisini” degan soʻzlar tegishincha “davlat ijrochisiga” va “davlat ijrochisini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 140-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 215-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 84-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 12, 470-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning birinchi qismidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining davlat veterinariya xizmati” degan soʻzlar “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning matnidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining davlat veterinariya xizmati” degan soʻzlar “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 281-moddaning matnidagi “sud ijrochisi” degan soʻzlar “davlat ijrochisi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 41-moddaning birinchi qismidagi “Sud ijrochisining” degan soʻzlar “Davlat ijrochisining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda) 10-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining organlari amalga oshiradi”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 72-modda 2-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tumanlar va shaharlar veterinariya boʻlimlarini, hayvonlar kasalliklari va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tashxis markazlarini saqlab turish”;
2) 129-moddaning birinchi qismidagi “sud ijrochilari” degan soʻzlar “davlat ijrochilari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda aholi oʻrtasida mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlasin.
20-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 4-moddasining 1-bandi va 5-moddasining 1-bandi ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilinguniga qadar sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan jinoyat ishlariga, shuningdek jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida ajrim yoki qaror chiqarilgan jinoyat ishlariga hamda sudning qarori chiqarilgan maʼmuriy ishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu Qonunning 7-moddasi ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
OʻRQ-448-son
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “12-modda. Davlat veterinariya inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-448-son). neolex.uz/uz/laws/law-3381853/12 (lex.uz/docs/-3381833)