14-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashdagi ishtiroki
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-444-son) · Sana: 08.09.2017 · Amalda
Nodavlat notijorat tashkilotlari:
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlash boʻyicha tashabbuslar bilan chiqishi va maxsus vakolatli davlat organiga takliflar kiritishi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etishi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
