13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishni taʼminlashdagi ishtiroki
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-444-son) · Sana: 08.09.2017 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga qaratilgan profilaktika tadbirlarini amalga oshiradi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
