12-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlarining va sogʻliqni saqlash muassasalarining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-444-son) · Sana: 08.09.2017 · Amalda
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari:
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan jabrlangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
axborot mahsulotini unda bolalarning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborot mavjudligini aniqlash uchun baholash mezonlarini takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
