11-modda. Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlarining va taʼlim muassasalarining bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-444-son) · Sana: 08.09.2017 · Amalda
Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga qaratilgan dasturlar va uslublarni ishlab chiqadi hamda taʼlim muassasalarining faoliyatiga joriy etadi;
taʼlim, oʻquv-tarbiya muassasalarida bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish maqsadida ularning taʼlim olish, bilim orttirish va muloqot faoliyati jarayonida bolalarga psixologik yordam koʻrsatadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etadi;
bolalarning axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga doir faoliyatda ishtirok etadi;
taʼlim muassasalarida bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotni oʻz ichiga olmagan axborot resurslaridan foydalanishni taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda ushbu faoliyatda ishtirok etuvchi boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
