8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida (O‘RQ-443-son) · Sana: 07.09.2017 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
davlat organlaridan va tashkilotlardan ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini hamda zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, oʻzgartish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) qogʻozda va elektron shaklda oladi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining hamda zarur boʻlgan taqdirda, tegishli axborot-tahliliy materiallarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha barcha davlat organlariga va tashkilotlarga elektron shaklda yuborilishini taʼminlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy eʼlon qilinishini amalga oshiradi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish va qonunchilikni tizimlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning fondini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasini shakllantiradi hamda yuritadi, undan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini taʼminlaydi;
Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengashning ishini tashkil etadi;
davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni, bu faoliyatga uslubiy rahbarlik qilish hamda uni nazorat qilishni amalga oshiradi;
