3812-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-442-son) · Sana: 06.09.2017 · Amalda
Surishtiruv quyidagilarning surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi:
1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 113-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 125, 126-moddalarida, 127-moddasi birinchi qismida, 128-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 132-moddasida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185–1851-moddalarida, 1862-moddasi birinchi qismida, 213-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 224-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227-moddasida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2281–2293-moddalarida, 2501-moddasi birinchi qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 2552-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 261-moddasida, 262-moddasi birinchi qismida, 2631-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi qismida, 276-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 2781–2786-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 122, 123, 1852-moddalarida, 232-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi boʻlinmalari — Jinoyat kodeksining 177, 179, 183-moddalarida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bogʻliq jinoyatlardan tashqari), 1841-moddasida, 186-moddasi birinchi qismida, 189–192-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha;
