Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida (480-II-son) · Sana: 25.04.2003 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning oila azolariga davlat muhofazasi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidentiga doimiy yoki vaqtincha turgan joylarida umrbod davlat muhofazasi beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi eks-Prezidentining butun hayoti davrida uning oila aʼzolariga ham davlat muhofazasi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi eks-Prezidentining davlat muhofazasi va xavfsizligini taʼminlash qonunchilikda belgilangan normalar va talablarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-32913
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining muhofazasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida (480-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-32999/3 (lex.uz/docs/-32913)