2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining daxlsizligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida (480-II-son) · Sana: 25.04.2003 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti daxlsizlik va immunitetga ega boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining daxlsizligi uning turar joy va xizmat xonalariga, bagajiga, shaxsiy va xizmat transport vositalariga, yozishmalariga, foydalanadigan aloqa vositalariga, shuningdek unga tegishli hujjatlarga tatbiq etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidenti ham butun hayoti mobaynida daxlsizlik va immunitetga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining eks-Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini bajarish bilan bogʻliq harakatlar uchun jinoiy va boshqa xil javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Unga nisbatan ushlab turish, soʻroq qilish, tintuv oʻtkazilishi yoki uning shaxsi koʻzdan kechirilishi mumkin emas.
