Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida (218-II-son) · Sana: 12.05.2001 · Amalda
Ijodiy mehnati bilan topologiyani yaratgan jismoniy shaxs shu topologiya muallifi deb eʼtirof etiladi. Agar topologiya ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy mehnati bilan yaratilgan boʻlsa, ular birgalikda mualliflar (hammualliflar) deb eʼtirof etiladi.
Topologiyani yaratishga shaxsan ijodiy xissa qoʻshmagan, biroq muallifga texnik, tashkiliy yoki moddiy yordam koʻrsatgan yoxud topologiyadan foydalanish huquqini rasmiylashtirishga koʻmaklashgan jismoniy shaxslar mualliflar deb eʼtirof etilmaydi.
Muallifning topologiyaga boʻlgan huquqi boshqa shaxsga oʻtkazilmaydigan shaxsiy nomulkiy huquq hisoblanadi va qonun bilan muhofaza qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-32769
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 4-modda. Topologiya muallifi Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida (218-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-31682/4 (lex.uz/docs/-32769)