3-modda. Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti va shartlari
Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida (218-II-son) · Sana: 12.05.2001 · Amalda
Integral mikrosxemaning ushbu Qonunda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻziga xos topologiyasi (bundan buyon matnda topologiya deb yuritiladi) integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish obyekti hisoblanadi.
Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlmagan topologiya boshqacha holat isbotlangunga qadar oʻziga xos deb eʼtirof etiladi.
Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga maʼlum boʻlgan elementlardan tarkib topgan topologiyaga, agar bunday elementlar yigʻindisi ushbu modda ikkinchi qismining talablariga toʻla muvofiq boʻlsagina huquqiy muhofaza beriladi.
Ushbu Qonun bilan beriladigan huquqiy muhofaza topologiyaga singdirilgan gʻoyalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan axborotga nisbatan tatbiq etilmaydi.
