40-modda. Harbiy sudlarning tarkibi
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-428-son) · Sana: 12.04.2017 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib boradi hamda rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradi va rais, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi”;
26) 41-moddaning toʻrtinchi xatboshisidagi “umumiy yurisdiksiya sudlari” degan soʻzlar “sudlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
27) III boʻlim chiqarib tashlansin;
28) 61-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻttiz yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida oʻn yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar belgilangan tartibda oʻqishi va stajirovkani oʻtashi shart. Oʻquv va stajirovkani oʻtash davrida ular asosiy ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda oʻz mehnat vazifalarini bajarishdan ozod qilinadi”;
29) 63-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais oʻrinbosarlari, sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
