7-modda. Kengashning vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida (O‘RQ-427-son) · Sana: 06.04.2017 · Amalda
Kengash oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;
rahbar sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais oʻrinbosari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalarini, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislarini, ularning oʻrinbosarlari va sudyalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalarini, hududiy harbiy sudlarning raislarini lavozimga tayinlaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalik lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga qonunga muvofiq xulosalar (taqdimnomalar) kiritadi;
Sudyalar oliy malaka hayʼatining xulosasiga koʻra sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida oʻz arizalariga asosan viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari sudyalari, tumanlararo maʼmuriy sudlarning raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning raislari lavozimlariga oʻtkazadi;
Sudyalar oliy malaka hayʼatining xulosasiga koʻra sudyalarni oʻz arizalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo maʼmuriy sudlarining raislari, ularning oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga oʻtkazish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdimnomalar kiritadi;
