14-modda. Kengash majlisi
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida (O‘RQ-427-son) · Sana: 06.04.2017 · Amalda
Kengash faoliyatining asosiy tashkiliy shakli Kengash majlisidir. Kengash majlisi oʻz vakolatiga kiradigan masalalarning tayyorlanishiga qarab oʻtkaziladi. Kengash majlisi oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Kengashning qarori ochiq ovoz berish orqali majlis ishtirokchilarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Raislik qiluvchi oxirida ovoz beradi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
Kengashning qaroriga rozi boʻlmagan Kengash aʼzosi xulosani imzolaydi va u oʻzining alohida fikrini yozma tarzda bayon qilishga haqli boʻlib, ushbu fikr majlis bayonnomasiga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Oʻziga nisbatan mazkur qaror qabul qilingan shaxs Kengash aʼzosining alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.
