19-modda. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish
Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida (213-II-son) · Sana: 11.05.2001 · Amalda
Vakolatli organlar maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti bilan bogʻliq masalalarni hal etishda, shu jumladan axborot ayirboshlash orqali hamkorlik qiladilar.
Maxsus yukning egasi yoki talabnoma beruvchi maxsus yuklardan ommaviy qirgʻin qurolini yoki oddiy qurol-yarogʻlarni yaratish yoki ishlab chiqarish maqsadida foydalanilishi mumkin deb hisoblashga asos boʻladigan axborotga ega boʻlsa, u bu haqda vakolatli organni xabardor qilishi shart.
Maxsus yukning egasi hamda harbiy tarkiblarning kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi ular tranziti bilan bogʻliq axborot quyidagi hollarda oshkor qilinishi mumkin:
maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini nazorat qilish maqsadida vakolatli organlar oʻrtasida axborotdan foydalanilganda yoki uni ayirboshlanganda;
axborotdan dastlabki tergovda yoki sud ish yuritishida yoxud sud qarorlarini ijro etishda foydalanilganda;
maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitiga taalluqli axborot xalqaro tashkilotlarga yuborilganda, agar Oʻzbekiston Respublikasi oʻz zimmasiga shunday xalqaro majburiyat olgan boʻlsa.
Maxsus yukning egasi hamda xarbiy tarkiblarning kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi ular tranziti bilan bogʻliq axborot qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda ham oshkor qilinishi mumkin.
