Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida (213-II-son) · Sana: 11.05.2001 · Amalda
Quyidagilarning:
harbiy harakatlar olib borilayotgan, urush yoki qurolli toʻqnashuv xavfi mavjud boʻlgan mintaqalarga qurol-yarogʻ, harbiy texnika va harbiy mol-mulkning;
tranziti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga zid boʻlgan maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning;
qonunchilikka muvofiq boshqa maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Maxsus yuklarni qonunchilikka muvofiq tovarlari chiqarilishi mumkin boʻlmagan mamlakatdan chiqarilgan deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazishni rad etishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-79981
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 18-modda. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini cheklash Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti toʻgʻrisida (213-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-31497/18 (lex.uz/docs/-79981)