“4151-modda. Dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish — Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-421-son)
“4151-modda. Dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-421-son) · Sana: 29.03.2017 · Amalda
Dastlabki tergovning toʻliq emasligi yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlari jinoyat ishini koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan bartaraf etiladi.
Sudlanuvchiga nisbatan ayblovni ogʻirrogʻi bilan yoki haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov bilan almashtirish uchun yoki boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda, sud dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalariga muvofiq bartaraf etadi”;
29) 416-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining iltimosnomasiga koʻra amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi — oʻn ikkinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Iltimosnomada ayblovni toʻldirish bilan bogʻliq protsessual harakatlarning oʻtkazilishi zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Sud berilgan iltimosnoma boʻyicha uni qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim chiqaradi.
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni toʻldirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini koʻrsatadi va uning ijrosini ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada koʻrsatgan holda topshiradi.
Qoʻshimcha protsessual harakatlar natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yigʻilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov xulosasiga qoʻshimchani oʻqib eshittiradi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi.
Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi boʻyicha ularning prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga eʼtirozlar taqdim etishga boʻlgan huquqini taʼminlaydi.
Sud ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini taʼminlash uchun sud majlisida oʻn sutkagacha tanaffus eʼlon qiladi.
Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni oʻzgartirish yoki toʻldirish uchun dalillarni aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, sud jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi.
Sudning ajrimini ijro etish natijalari boʻyicha yoki sud muhokamasi jarayonida taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Toʻplangan qoʻshimcha dalillar va aniqlangan holatlar asosida prokuror ogʻirroq ayblovga oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov asosida yoxud haqiqiy ahvolga koʻra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov asosida qarorning taʼrifini taraflar muzokaralarida sudga taqdim etadi”;
30) 417-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi — oʻn uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Taxmin qilinayotgan jinoyat koʻrilayotgan ish bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va bu ishlarni alohida-alohida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollarda, davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror yoki jabrlanuvchi, uning vakili iltimosnomasiga koʻra sud boshqa shaxsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslarni aniqlash yuzasidan tegishli protsessual harakatlarni bir oygacha boʻlgan muddatda oʻtkazishni ish boʻyicha ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga topshirish haqida ajrim chiqaradi.
Iltimosnomada boshqa shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish bilan bogʻliq protsessual harakatlarni amalga oshirish zarurati asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Sud ajrimini ijro etish natijalariga koʻra davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlovchi prokuror sudga yangidan tuzilgan ayblov xulosasini yoki ayblov xulosasiga qoʻshimchani taqdim etadi hamda uning koʻchirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.
Ilgari eʼlon qilingan ayblov boshqa shaxs ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi munosabati bilan oʻzgartirilgan taqdirda, sud ishni koʻrishni sud muhokamasining umumiy shartlari boʻyicha qayta tiklaydi. Bunday hollarda sud muhokamasining muddati oʻzgartirilgan yoki toʻldirilgan ayblov boʻyicha ishni sudda koʻrish qayta tiklangan paytdan eʼtiboran hisoblanadi.
Ish boʻyicha sud tergovi oʻtkazilayotganda sud sudda ishni yuritish toʻxtatib turilguniga qadar oʻtkazilgan protsessual harakatlarni takroran oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisidagi masalani taraflarning fikrini inobatga olgan holda hal qiladi.
Prokuror tomonidan ayblov xulosasiga qoʻshimchalar taqdim etilganda, sud sudlanuvchiga, uning himoyachisiga prokuror tomonidan taqdim etilgan qoʻshimcha dalillar va ayblov xulosasiga qoʻshimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga eʼtirozlar taqdim etishga boʻlgan huquqini taʼminlaydi.
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar boʻyicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish haqida ajrim chiqaradi.
Sud ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi, uning himoyachisi huquqlarini taʼminlash uchun sud majlisida oʻn sutkagacha tanaffus eʼlon qiladi.
Qoʻshimcha taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Toʻplangan va qoʻshimcha taqdim etilgan dalillar asosida prokuror taraflar muzokaralarida sudga toʻldirilgan ayblovni inobatga olgan holda qarorning taʼrifini taqdim etadi.
Agar sud tergovi vaqtida bila turib yolgʻon koʻrsatuv bergan guvoh, jabrlanuvchi yoki bila turib notoʻgʻri xulosa bergan ekspert yoxud bila turib notoʻgʻri tarjima qilgan tarjimon tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, sud hukm chiqarganidan soʻng jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi”;
31) 419-modda chiqarib tashlansin;
32) 420-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar sud ushbu Kodeksning 416 va 417-moddalarida nazarda tutilgan tartibda prokurorga qoʻshimcha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirish haqida ajrim chiqarsa, shuningdek ishni alohida-alohida muhokama qilish haqiqatni aniqlashni qiyinlashtirgan taqdirda, ishni yuritish butunlay toʻxtatiladi”;
33) 423-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ehtiyot choralarini qoʻllash (oʻzgartirish, bekor qilish) toʻgʻrisidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi, rad qilishlar haqidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan oʻzga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida aloqa muassasasi tomonidan sudga pochta-telegraf joʻnatmalarini yetkazib berish haqida koʻrsatma boʻlishi lozim”;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
34) 464-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
35) 472-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar alohida fikr mavjud boʻlgan ish apellatsiya tartibida koʻrilmagan boʻlsa, hukm qonuniy kuchga kirgandan keyin ish uni belgilangan tartibda koʻrib chiqish masalasini hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborilishi lozim”;
36) 480-modda ikkinchi qismining:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari qatnashadi”;
3-bandi chiqarib tashlansin;
37) 483-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yuqori sud tomonidan jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi kerak”;
38) 485-moddaning 3-bandidagi “qoʻshimcha tergovga yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
39) 490-moddaning:
birinchi qismi 3-bandidagi “qoʻshimcha tergovga yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismi “nazorat tartibida koʻrib” degan soʻzlardan keyin “qisman sud tergovi oʻtkazish yoʻli bilan kamchiliklarni toʻldirish yoki aniqlangan kamchiliklarni yoxud protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “birinchi instansiya” degan soʻzlar “birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
40) 492-moddaning:
nomidagi “qoʻshimcha tergovga yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
matnidagi “qoʻshimcha tergovga yoxud” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
41) 495-moddaning ikkinchi qismidagi “qoʻshimcha tergovga yoxud” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
42) 496-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “qoʻshimcha tergovga yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oltinchi qismidagi “Plenum qarori esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Plenum kotibi tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
43) 497-moddaning birinchi qismidagi “ish qoʻshimcha tergovga joʻnatilgan taqdirda esa, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
44) 49713-modda birinchi qismining:
3-bandi ruscha matnidagi “proizvodstvom” degan soʻz chiqarib tashlansin;
5-bandi chiqarib tashlansin;
45) 511-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagilar protest bildirishga haqli:
1)Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori — barcha instansiya sudlarining hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati qarorlaridan tashqari, har qanday sudning hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan”;
46) 516-modda:
birinchi qismidagi “protest bildirish” degan soʻzlar “protest bildirish, protest bildirish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hukmni yoki ajrimni (qarorni) qonunga xilof va asossiz deb topgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari protest bildiradi hamda ishni shu protest bilan birga nazorat instansiyasi sudiga yuboradi”;
47) 519-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudlov hayʼatlari chiqargan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining harbiy hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining mazkur sud yoki okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining apellatsiya va kassatsiya ajrimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻrib chiqadi”;
48) 520-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nazorat instansiyasi sudida jinoyat ishi ushbu Kodeksning 506-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan koʻriladi. Ishni nazorat tartibida koʻrib chiqayotganda yuzaga kelgan masalalarni hal etish uchun nazorat instansiyasi sudi sud majlisiga chaqirilgan guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni soʻroq qilish, yozma dalillarni, ekspertlar xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish, shuningdek ekspertiza tayinlash yoʻli bilan qisman sud tergovi oʻtkazishga haqli. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ishni koʻrish chogʻida protestni qanoatlantirish tarafdorlari bilan qarshilar ovozi teng kelib qolsa, protest mahkum (oqlangan shaxs) foydasiga hal qilingan hisoblanadi, mahkumning (oqlangan shaxsning) ahvolini ogʻirlashtirish haqidagi masala qoʻyilgan protest esa rad etiladi”;
49) 527-moddaning 1 — 4-bandlari quyidagi mazmundagi 1 — 3-bandlar bilan almashtirilsin:
“1) tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan hukm yoki ajrim chiqarilgan ishlar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sudlari,Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan hukm, ajrim chiqarilgan ishlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli hayʼatlarida;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan hukm va ajrim chiqarilgan ishlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan qaror chiqarilgan ishlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida koʻrib chiqiladi”;
50) 539-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “4151-modda. Dastlabki tergovning toʻliq emasligini yoki jinoyat-protsessual qonuni normalarining jiddiy buzilishlarini bartaraf etish Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-421-son). neolex.uz/uz/laws/law-3146369/4151 (lex.uz/docs/-3146366)