252-modda. Jazolarni ijro etish inspeksiyasining majburiyatlari
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-421-son) · Sana: 29.03.2017 · Amalda
Jazolarni ijro etish inspeksiyasi:
mahkumlarning hisobini yuritishi;
mahkumlarga jazoni oʻtash tartibi va shartlarini tushuntirishi;
mahkum tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini nazorat qilishi;
majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni oʻtaydigan joyda (obyektda) tashkilotlar (organlar) tomonidan hukm talablarining bajarilishini nazorat qilishi;
mahkumlar ishlagan vaqt hisobini yuritishi va tashkilotlarning (organlarning) majburiy jamoat ishlari oʻtaladigan joylar (obyektlar) boʻyicha mahkumlar ishlagan vaqt hisobga olinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni solishtirib chiqishni vaqti-vaqti bilan amalga oshirishi shart.
