29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida (820-I-son) · Sana: 20.08.1999 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati:
Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Davlat chegarasi himoya qilinishi va qoʻriqlanishini taʼminlaydi;
chegara qoʻshinlarini boshqarishni amalga oshiradi;
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
Davlat chegarasi xavfsizligiga tahdidlar toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot taqdim etadi;
razvedka, kontrrazvedka va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
belgilangan tartibda kontrabandaga qarshi kurash choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasida boshqa davlatlarning tegishli chegara idoralari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Davlat chegarasi chizigʻining oʻtishini belgilashda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlashga doir qismini shakllantirish yuzasidan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
