28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida (820-I-son) · Sana: 20.08.1999 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi kuchlar va vositalarni, oʻtkaziladigan tadbirlarni moliyalash va resurslar bilan taʼminlashni amalga oshiradi;
Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasida normativ hujjatlar chiqaradi;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ijro hokimiyati mahalliy organlarining Davlat chegarasini himoya qilish va qoʻriqlash sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
