10-modda. Ushbu Qonunni buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni qarab chiqish uchun asoslar
Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida (623-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
1. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idora monopoliyaga qarshi qonunlarni buzish hollariga oid ishlarni oʻz materiallari asosida, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining, isteʼmolchilar jamiyatlari va uyushmalarining, boshqa jamoat tashkilotlari va ayrim shaxslarning arizalari, prokuratura, sud va hakamlik sudining materiallari asosida qarab chiqadi.
Arizalar monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraga yozma shaklda beriladi, ularga monopoliyaga qarshi qonunlarni buzish hollaridan shohidlik beruvchi hujjatlar ilova qilinadi.
Arizalar va hujjatlarning mazmuni oshkor qilinishi mumkin emas.
2. Sud yoki hakamlik sudi monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlik haqidagi ishlarni monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli idoraning arizasi, prokuratura materiallari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va boshqaruv idoralarining murojaatlari asosida qarab chiqadi.
