1-modda. Qonunni qoʻllanish sohasi
Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida (623-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
1. Ushbu Qonun respublika va mahalliy tovarlar bozoridagi faoliyatda qatnashayotgan mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, ayrim mansabdor shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarga tatbiq etiladi.
2. Yuridik va jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining hududidan tashqarida sodir etayotgan xatti-harakatlar yoki tuzayotgan bitimlar respublika bozorida rakobatning cheklanishiga olib kelayotgan yoki boshqa salbiy oqibatlarga sabab boʻlayotgan hollarda ham ushbu Qonun qoʻllaniladi.
3. Qonun:
energetika tarmogʻi korxonalari;
mudofaa ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar;
magistral temir yoʻllar;
quvur oʻtkazish transporti;
umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan aloqa tizimlari faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Qonun, shuningdek ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari va mualliflik huquqlarini huquqiy jihatdan himoya qilish meʼyorlarini tartibga soluvchi munosabatlarga ham tatbiq etilmaydi. Bu huquqlar ularning egalari tomonidan raqobatni cheklash maqsadida qasddan qoʻllanilayotgan hollar bundan mustasnodir.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida monopoliyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan belgilab beriladi.
