328-modda. Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-411-son) · Sana: 23.09.2016 · Amalda
Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha ular ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuziladi.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi”.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 1-iyunda qabul qilingan “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-249-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 230-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 4-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
