323-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-411-son) · Sana: 23.09.2016 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi”;
4) 322, 323 va 324-moddalar tegishincha 324, 325 va 326-moddalar deb hisoblansin;
5) 326-moddaning:
uchinchi qismidagi “oʻz majlisida” degan soʻzlar “oʻz majlislarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organiga yuboriladi.
Senatning qoʻmitalari oʻz ish rejalariga muvofiq qonunlarning, Senat qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib oʻrganadi.
Qonun hujjatlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha Senatning qoʻmitalari oʻz majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek oʻrganish natijalarini Senat koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilishi mumkin.
Senatning qoʻmitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Senat qoʻmitalarining majlislarida koʻrib chiqilishi mumkin”;
6) quyidagi mazmundagi 327 va 328-moddalar bilan toʻldirilsin:
