7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-410-son) · Sana: 22.09.2016 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish tartibini belgilaydi;
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablagʻlar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmalarini tuzish va ularning mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
mehnatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
