14-modda. Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-410-son) · Sana: 22.09.2016 · Amalda
Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish oʻrinlaridagi mehnat jarayoni ogʻirligi va tigʻizligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlar majmuidir.
Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasidan quyidagilar oʻtkazilishi kerak:
mehnat sharoitlari boʻyicha xodimlarga qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish oʻrinlari;
nogironligi boʻlgan shaxslar band boʻlgan ish oʻrinlari;
imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarida koʻrsatilgan ish oʻrinlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ish oʻrinlari.
Qonunchilikda, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlarida boshqa ish oʻrinlarining ham mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilishi nazarda tutilishi mumkin.
Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi belgilangan tartibda ish beruvchining oʻzi tomonidan oʻtkaziladi. Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasini oʻtkazish davriyligi qonunchilikda belgilanadi, biroq besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
