9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
