10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatlari
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish normalari hamda normativlarini ishlab chiqishni tashkil etadi va tasdiqlaydi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini gʻayriqonuniy ravishda kesganlik, yoʻq qilganlik uchun yuridik shaxslarga jarima tarzida moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat hisobini va ulardan foydalanish hajmlarining hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar yetishtiriladigan pitomniklar va plantatsiyalarning davlat hisobini yuritadi;
oʻsimlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritadi va uning nashr etilishini taʼminlaydi;
oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslarga oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ushbu Qonunga muvofiq ruxsatnoma beradi;
biriktirilgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha biotexnik tadbirlarni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
