38-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanish
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanishga yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni ularning oʻsadigan muhitidan ajratib olmagan yoki ajratib olgan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus yer uchastkalari ajratilishi mumkin, bu yer uchastkalarida oʻsimlik dunyosi obyektlaridan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishi, agar bu ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish maqsadlariga muvofiq boʻlmasa, cheklanadi yoki taqiqlanadi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan ilmiy va nazorat ishlarini oʻtkazish uchun foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
