30-modda. Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan bepul, hayotiy zarur ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun cheklangan hajmlarda ushbu Qonun 33-moddasi birinchi qismining beshinchi, oltinchi, yettinchi va oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish normalari va tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari bilan kelishilgan holda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan belgilanadi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish ruxsatnomalar asosida haq evaziga amalga oshiriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma ushbu Qonunda belgilangan tartibda,tasdiqlangan kvotalar doirasida beriladi.
Oʻsimlik dunyosi obyektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa muddatli) foydalanishga berilishi mumkin.
