29-modda. Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazish
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-409-son) · Sana: 21.09.2016 · Amalda
Quyidagilar davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi lozim:
barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash materiallari, amalga oshirilishi oʻsimlik dunyosining holatiga yoki uning oʻsadigan muhitiga zararli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan rejadan oldingi, loyihadan oldingi va loyiha hujjatlari;
yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarni boshqa joyga koʻchirish va duragaylash ishlariga doir loyihalar;
oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, ularning oʻsish stimulyatorlari, mineral oʻgʻitlar va boshqa preparatlar.
Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat ekologik ekspertizasi ekologik ekspertiza toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
