30-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-408-son) · Sana: 19.09.2016 · Amalda
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:
hayvonot dunyosi obyektlaridan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq foydalanish huquqiga;
tutib olingan yovvoyi hayvonlarga va ularning yashash faoliyati mahsulotlariga nisbatan mulk huquqiga egadir.
Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligini yurituvchi hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:
oʻzlariga biriktirilgan hududlarda hayvonot dunyosi obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar doirasida foydalanish uchun jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar (yoʻllanmalar, hayvonlarni tutish varaqalari) berishga;
yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi obyektlaridan sanoat maqsadida belgilangan kvotalar doirasida foydalanishi uchun ular bilan shartnomalar tuzishga;
ovchilik va baliq ovi mahsulotini qayta ishlash hamda ulardan buyumlar ishlab chiqarishga;
ovchilik va baliq ovi mahsulotidan, ulardan ishlab chiqarilgan buyumlardan foydalanish hamda ularni realizatsiya qilishga;
sunʼiy ravishda yetishtirilib, tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan hayvonlar turlaridan foydalanishga ham haqlidir.
Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar:
hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida belgilangan qoidalar, normalar va normativlarga rioya etishi;
hayvonot dunyosining muhofaza qilinishi va undan oqilona foydalanilishini taʼminlashi, shuningdek biriktirilgan hududlarda hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy va (yoki) ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirishi;
hayvonot dunyosi obyektlaridan yovvoyi hayvonlar tabiiy galalarining bir butunligi buzilishiga yoʻl qoʻymaydigan va foydalanishga berib qoʻyilmagan yovvoyi hayvonlarning saqlab qolinishini taʼminlaydigan usullar bilan foydalanishi;
yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, urchish joylari va koʻchib oʻtish yoʻllari buzilishiga yoʻl qoʻymasligi;
yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olishni va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishni amalga oshirishi;
