“2631-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-405-son) · Sana: 25.04.2016 · Amalda
Havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, shuningdek badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, —
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat odam oʻlishiga sabab boʻlsa, —
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga;
v) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
15) sakkizinchi boʻlim:
“Yaqin qarindoshlar” atamasining huquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yaqin qarindoshlar — qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillari”;
quyidagi mazmundagi atama bilan toʻldirilsin:
“Radioaktiv materiallar — qurilmada yoki buyum tarkibida har qanday fizik holatda yoinki boshqa koʻrinishda turgan ion nurlari tarqatuvchi manbalar, radioaktiv moddalar yoki yadro materiallari”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
