“201-modda. Jamoat fondlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-405-son) · Sana: 25.04.2016 · Amalda
Quyidagilarni tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori:
xalqaro va respublika jamoat fondlari uchun — eng kam ish haqining besh yuz baravari miqdorida;
mahalliy jamoat fondlari uchun — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida boʻlishi kerak.
Jamoat fondlarining alohida boʻlinmalari (vakolatxonalari va filiallari) uchun dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori mavjud boʻlishi talab etilmaydi.
Jamoat fondlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan dastlabki mablagʻlarning eng kam miqdori davlat roʻyxatidan oʻtkazish paytida faqat pul shaklida shakllantirilgan boʻlishi lozim”;
9) 22-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fond tijorat tashkilotlarining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishga haqli emas, bundan ochiq savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olish mustasno”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Fondning bir aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondi (ustav kapitali) summasining yigirma foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Bunda aksiyadorlik jamiyatlarining olingan aksiyalari umumiy summasi fond aktivlari balans qiymatining aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinayotgan sanadagi yigirma foizidan ortiq boʻlmasligi kerak”;
10) 23-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablar fondning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan vasiylik kengashi aʼzosiga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda) 8-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
