16-modda. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni rad qilish asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-405-son) · Sana: 25.04.2016 · Amalda
Fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda fondning yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonasi va filialini hisobga qoʻyish qonunda nazarda tutilgan hollarda rad qilinishi mumkin.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni yoki hisobga qoʻyishni rad qilish asoslantirilgan boʻlishi kerak. Fondni, uning vakolatxonalari va filiallarini tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki hisobga qoʻyishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning fondni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni hamda uning yuridik shaxs boʻlmagan vakolatxonalari va filiallarini hisobga qoʻyishni rad qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan, shuningdek mazkur organning davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish muddatlarini buzganligi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin”;
6) 17-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fond ustaviga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fondning vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga mazkur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddatda maʼlum qilinadi. Fond ustaviga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar fondni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta roʻyxatdan oʻtkazishga sabab boʻladi”;
uchinchi qismidagi “ikki haftalik” degan soʻzlar “bir oylik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 20-moddaning:
toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;
beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
8) quyidagi mazmundagi 201-modda bilan toʻldirilsin:
