12-modda. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida (660-II-son) · Sana: 26.08.2004 · Amalda
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar quyidagilardir:
banklar va boshqa kredit tashkilotlari, “Milliy kliring markazi” aksiyadorlik jamiyati;
qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati;
birja aʼzolari;
sugʻurtalovchilar (qayta sugʻurtalovchilar) va sugʻurta vositachilari;
lizing xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar;
pul oʻtkazmalari, toʻlovlar va hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
lombardlar;
lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni oʻtkazuvchi tashkilotlar;
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar;
koʻchmas mol-mulkning oldi-sotdisi bilan bogʻliq operatsiyalarda xizmatlar koʻrsatuvchi va ishtirok etuvchi shaxslar;
mijozlar nomidan bitimlar tayyorlash va ularni amalga oshirishda notarial idoralar (notariuslar), advokatlik tuzilmalari (advokatlar) hamda auditorlik tashkilotlari;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari.
