17-modda. Fermer xoʻjaligining majburiyatlari
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (662-II-son) · Sana: 26.08.2004 · Amalda
Fermer xoʻjaligi:
yer uchastkasidan qonunchilikda va ijaraga olish shartnomasida belgilangan shartlar asosida, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq samarali va oqilona foydalanilishini taʼminlashi.
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishini yoki tut koʻchatlari oʻtqazilishini taʼminlashi;
asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy taʼsiri boʻlmagan hollarda bogʻlar va tokzorlarning qator oralariga daromad keltirishi mumkin boʻlgan maqbul ekinlar ekilishini taʼminlashi;
ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etishi;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab qolish va oshirish tadbir-choralarini koʻrishi, biznes-rejada shu maqsad uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutishi;
agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, yer uchastkasi berilgan vaqtdan eʼtiboran bir yil ichida undan foydalanishga kirishishi;
gʻoʻza va don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya etishi;
suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini koʻrishi;
suv resurslaridan “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi bilan tuzilgan suv yetkazib berish va suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga binoan foydalanishi, shuningdek fermerlararo ichki sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini, ulardagi inshootlarni taʼmirlash hamda tiklashda ishtirok etishi, ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etish;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;
yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini, oʻz xodimlari, shu jumladan fermer xoʻjaligida mehnat qiladigan oila aʼzolari, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashi;
