40-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-393-son) · Sana: 26.08.2015 · Amalda
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi 657-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 355-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 658-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 356-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 70-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) X boʻlimi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 772-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) V boʻlimi;
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 125-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda) I boʻlimi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 2-moddasi;
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-253-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 333-modda) 1-moddasi;
