“214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof rav — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-391-son)
“214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-391-son) · Sana: 20.08.2015 · Amalda
Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni uni pora evaziga oʻziga ogʻdirib olayotgan shaxs manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) ancha miqdorda;
b) tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 — 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
g) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan shaxsga nisbatan tamagirlik yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakatlar:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
20) sakkizinchi boʻlim:
“Mansabdor shaxs” atamasining huquqiy maʼnosi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mansabdor shaxs — doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs”;
“Masʼul mansabdor shaxs” degan atama chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi atamalar bilan toʻldirilsin:
“Davlat ishtirokidagi tashkilot —
1) ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti;
2) toʻliq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki taʼsis etilgan notijorat tashkiloti.
Xizmatchi — davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega boʻlmagan shaxs”.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 290-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mol-mulkni xatlash surishtiruvchining yoki tergovchining qarori boʻyicha prokuror roziligi bilan yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli boʻlgan sudning ajrimi boʻyicha amalga oshiriladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda mol-mulkni xatlash prokurorning roziligisiz ham amalga oshirilishi mumkin, lekin keyinchalik yigirma toʻrt soat ichida prokuror qaror va bayonnoma nusxasi ilova qilingan holda xabardor qilinadi. Kechiktirib boʻlmaydigan holatlar surishtiruvchining yoki tergovchining prokurorga yuborilgan xabarnomasida asoslantirilishi lozim”;
2) 333-moddaning birinchi qismidagi “3 — 7” raqamlari “3 — 8” raqamlari bilan almashtirilsin;
3) 345-moddaning ikkinchi qismi “1841” raqamidan keyin “1921 — 19211” raqamlari bilan toʻldirilsin.
“Doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb eʼtirof etiladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish koʻrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida koʻpchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy boʻlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʻlgan shaxs hokimiyat vakili deb eʼtirof etiladi”;
2) 25-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng koʻp miqdori eng kam ish haqining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oshmasligi kerak. Baʼzi huquqbuzarliklar uchun fuqaro va xizmatchilarga — eng kam ish haqining yuz baravarigacha va mansabdor shaxslarga — bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin”;
3) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish bu ashyoni haq toʻlamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga oʻtkazishdan iborat boʻlib, bu chora tuman (shahar) sudining maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyasi tomonidan qoʻllaniladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, huquqbuzarning shaxsiy mulki boʻlgan ashyogina musodara qilinishi mumkin”;
4) quyidagi mazmundagi 611-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “214-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-391-son). neolex.uz/uz/laws/law-2724500/214 (lex.uz/docs/-2724496)