“176-modda. Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-391-son) · Sana: 20.08.2015 · Amalda
Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining oʻn baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs noqonuniy tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad davlatga ixtiyoriy ravishda toʻlangan, shuningdek tadbirkorlik subyektini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshirilgan taqdirda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinmagan holda javobgarlikdan ozod qilinadi”;
8) quyidagi mazmundagi 1931 va 1932-moddalar bilan toʻldirilsin:
