“841-modda. Ozodlikni cheklash — Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-389-son)
“841-modda. Ozodlikni cheklash
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-389-son) · Sana: 10.08.2015 · Amalda
Ozodlikni cheklash voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan asosiy jazo chorasi sifatida olti oydan ikki yilgacha muddatga tayinlanadi”;
14) 89-moddaning birinchi qismi “ozodlikdan mahrum qilishga” degan soʻzlardan keyin “ozodlikni cheklashga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
15) 90-moddaning:
birinchi qismi “ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlardan keyin “ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning oʻtalmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
16) 98-moddaning, 156-modda ikkinchi qismining, 176-modda birinchi qismining, 207-modda uchinchi qismining, 230, 231-moddalar birinchi qismlarining, 257, 258, 259 va 262-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalaridagi “besh yilgacha” degan soʻzlar “ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 99, 120-moddalarning, 1301-modda ikkinchi qismining, 139-modda uchinchi qismining, 163, 2511-moddalar birinchi qismlarining va 277-modda ikkinchi qismining sanksiyalaridagi “uch yilgacha” degan soʻzlar “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 100, 101-moddalarning, 102, 105-moddalar birinchi qismlarining, 112-modda uchinchi qismining, 122-modda ikkinchi qismining, 235-modda birinchi qismining va 238-modda ikkinchi qismining sanksiyalari “yoki” degan soʻzdan keyin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
19) 103-modda birinchi qismining, 110-modda ikkinchi qismining, 114-modda uchinchi qismining, 129-modda ikkinchi qismining, 188-modda uchinchi qismining, 247 va 251-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “ishlari yoki” degan soʻzlardan keyin “ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
20) 104-modda birinchi qismining, 105-modda ikkinchi qismining, 113, 117-moddalar uchinchi qismlarining, 128-modda ikkinchi qismining, 130-modda uchinchi qismining, 135, 137-moddalar birinchi qismlarining, 138, 1541-moddalar ikkinchi qismlarining, 162-modda birinchi qismining, 163-modda ikkinchi qismining, 165-modda birinchi qismining, 166-modda ikkinchi qismining, 173, 213, 225-moddalar uchinchi qismlarining, 235-modda ikkinchi qismining, 238-modda uchinchi qismining, 250, 2511, 253-moddalar ikkinchi qismlarining, 256-modda uchinchi qismining, 267-modda birinchi qismining, 269, 276-moddalar ikkinchi qismlarining va 277-modda uchinchi qismining sanksiyalari “uch yildan” degan soʻzlardan oldin “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
21) 106-moddaning, 110-modda birinchi qismining, 113, 117-moddalar ikkinchi qismlarining, 127, 128-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “qamoq” degan soʻzdan keyin, 136-moddaning sanksiyasi “qamoq bilan” degan soʻzlardan keyin, 141-modda ikkinchi qismining, 146-moddaning, 169-modda birinchi qismining, 171-modda ikkinchi qismining, 193-moddaning, 198-modda ikkinchi qismining, 203, 2161-moddalarning, 2162, 217-moddalar birinchi va ikkinchi qismlarining, 2292-moddaning, 241, 2441, 250, 2501, 269 va 276-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “qamoq” degan soʻzdan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan, 194, 195, 196-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “mahrum qilib” degan soʻzlardan keyin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
22) 112-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
23) 113-modda beshinchi qismining, 116-modda uchinchi qismining, 131-modda ikkinchi qismining, 147-moddaning, 158-modda uchinchi qismining, 204-modda ikkinchi qismining, 216, 218-moddalarning, 219, 232-moddalar ikkinchi qismlarining, 233, 248, 252 va 271-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “qamoq” degan soʻzdan keyin “yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
24) 121 va 2571-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “ishlari yoki” degan soʻzlardan keyin “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
25) 124-moddaning sanksiyasi “jarima yoxud” degan soʻzlardan keyin, 159-modda ikkinchi qismining, 171, 184, 202-moddalar uchinchi qismlarining sanksiyalari “jarima yoki” degan soʻzlardan keyin, 2061-modda uchinchi qismining sanksiyasi “mahrum qilib” degan soʻzlardan keyin va 223-modda birinchi qismining sanksiyasi “jarima yoki” degan soʻzlardan keyin “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
26) 126-moddaning, 138, 156-moddalar birinchi qismlarining, 179-moddaning, 180, 181, 1811, 1862-moddalar birinchi qismlarining, 197, 199, 200-moddalarning, 201-modda birinchi qismining, 208-moddaning, 236-modda birinchi qismining, 239-moddaning, 253, 257, 258, 259, 260, 268, 270 va 274-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan, 261-moddaning sanksiyasi “mahrum qilib” degan soʻzlardan keyin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
27) 130 va 214-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “uch yilgacha” degan soʻzlardan oldin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
28) 132-modda ikkinchi qismining, 177, 1851-moddalar uchinchi qismlarining sanksiyalari “jarima yoki” degan soʻzlardan keyin, 2061-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “mahrum qilib” degan soʻzlardan keyin, 224-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “jarima solish yoki” degan soʻzlardan keyin, 225 va 234-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “jarima yoki” degan soʻzlardan keyin “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
29) 132-moddaning uchinchi qismi, 167, 168, 173-moddalarning toʻrtinchi qismlari, 180, 181, 1811-moddalarning ikkinchi qismlari, 184, 198, 202-moddalarning toʻrtinchi qismlari va 233-moddaning ikkinchi qismi “ozodlikdan” degan soʻzdan oldin “ozodlikni cheklash va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
30) 127, 133-moddalar ikkinchi qismlarining, 145-modda uchinchi qismining, 2441, 268, 270-moddalar ikkinchi qismlarining, 273-modda birinchi qismining va 274-modda ikkinchi qismining sanksiyalari “qamoq” degan soʻzdan keyin “yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan, 201, 236-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “mahrum qilib”, “mahrum etib” degan soʻzlardan keyin “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
31) 134-moddaning va 1551-modda birinchi qismining sanksiyalari “uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
32) 205 va 206-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
33) 142-moddaning, 166, 1861, 1863-moddalar birinchi qismlarining, 241-modda ikkinchi qismining, 2411, 249-moddalarning, 2511-modda toʻrtinchi qismining, 254, 255, 263-moddalar birinchi qismlarining va 275-moddaning sanksiyalari “axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
34) 144, 145, 173, 184, 186-moddalar ikkinchi qismlarining, 198-modda uchinchi qismining, 202, 213, 227, 2281 va 256-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
35) 159-modda birinchi qismining sanksiyasi “jarima yoki” degan soʻzlardan keyin, 175-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “etilgan holda” degan soʻzlardan keyin, 205, 206, 209-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “mahrum qilib” degan soʻzlardan keyin, 210-modda birinchi qismining sanksiyasi “etilgan holda” degan soʻzlardan keyin, 211, 212-moddalar birinchi qismlarining va 237-modda ikkinchi qismining sanksiyalari “jarima yoki” degan soʻzlardan keyin “ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
36) 167, 168-moddalar ikkinchi qismlarining va 182-modda birinchi qismining sanksiyalari “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
37) 102, 169, 228, 2501 va 2552-moddalar ikkinchi qismlarining sanksiyalari “ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
38) 175-moddaning uchinchi qismi “qamoq” degan soʻzdan keyin “ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
39) 178-modda birinchi qismining sanksiyasi “uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish” degan soʻzlardan keyin “yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
40) 1841-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
41) 1841-modda uchinchi qismining, 226 va 2786-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “jarima yoki” degan soʻzlardan keyin “ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
42) 1841-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi “mahrum qilish” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
43) 209-modda birinchi qismining sanksiyasi “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
44) 2552 va 2571-moddalar birinchi qismlarining sanksiyalari “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
45) 224 va 228-moddalar uchinchi qismlarining sanksiyalari “ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
46) 226-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “ikki” degan soʻzdan oldin “ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
47) 2782-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
48) 2784-modda:
birinchi qismining sanksiyasi “bir yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi “bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
49) 2785-modda:
birinchi qismining sanksiyasi “jarima yoki” degan soʻzlardan keyin “ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasi “ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari” degan soʻzlardan keyin “yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
50) 2786-modda ikkinchi qismining sanksiyasi “ikki” degan soʻzdan oldin “ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 468-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm etilgan shaxs uchun belgilanadigan taqiqlar (cheklashlar)”;
2) 539-modda:
nomidagi va matnidagi “va axloq tuzatish ishlarini” degan soʻzlar “axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “44 va 46-moddalariga” degan soʻzlar “44, 46 va 481-moddalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 541-moddaning birinchi qismidagi “jarima solishni va axloq tuzatish ishlarini” degan soʻzlar “jarima solishni, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 542-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jarima jazosiga, axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikni cheklashga hukm qilingan shaxs jarima jazosini, axloq tuzatish ishlarini va ozodlikni cheklashni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi uchun sudga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yoʻqligida koʻrib chiqilishi mumkin. Jarima jazosi yoki axloq tuzatish ishlari qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan, shuningdek ozodlikni cheklash ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash va qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishi kerak”.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “841-modda. Ozodlikni cheklash Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-389-son). neolex.uz/uz/laws/law-2717327/841 (lex.uz/docs/-2717325)