“171-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-389-son) · Sana: 10.08.2015 · Amalda
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi.
Yuridik shaxsga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi tortiladi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Agar maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi”;
2) 28-moddaning ikkinchi qismidagi “1283-moddasining toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar “1283-moddasining beshinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 36-moddaning birinchi qismidagi “ikki oydan” degan soʻzlar “bir yildan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 127-moddaning:
nomidagi “tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalaridan foydalanish” degan soʻzlar “tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni oʻrnatish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining dispozitsiyasi “xuddi shuningdek davlat raqam belgilarini koʻrish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga toʻsqinlik qiladigan turli ashyolar oʻrnatish va qoplama surtish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
